"Alaniya"ning yangi a’zosi ilk uchrashuvdan keyin kichik intervyu berdi.
— Xusain, qo‘lga kiritilgan g‘alaba va gol urganingiz bilan tabriklaymiz! O‘yin taassurotlari bilan o‘rtoqlashing
— Tabrik uchun rahmat! Zafar quchsangiz, butkul o‘zgacha, yoqimli hislar bo‘ladi. Debyut o‘yinidayoq o‘yinga yaxshi qo‘shila olib, gol urishga erishganimdan xursandman.
— O‘yinga qo‘shilib ketish qiyin bo‘lmadimi?
— Unchalik qiyin bo‘lmadi. Aslida, atrofdagi hamma meni qo‘llab-quvvatlayapti, maslahat beryapti. Klubda ajoyib kollektiv jam bo‘lgan va shu sababli ortiqcha muammolarga duch kelmadim.
— Adaptatsiya jarayoni qanday kechmoqda?
— Jarayon yaxshi ketyapti. Meni yaxshi qabul qilishdi. Jamoaning har bir a’zosi bilan bemalol til topisha olyapmiz. "Alaniya" tarkibidaligimdan xursandman. Qo‘llab-quvvatlashgani, yordam berishgani va iliq qabul qilishgani uchun barchaga tashakkur!
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring