20 maydan 11 iyunga qadar Indoneziyada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda yaqinda mamlakatimizdagi Osiyo kubogida chempionlikni rasmiylashtirgan O‘zbekiston termasi ham ishtirok etadi. 31 mart sanasida esa mazkur turnir guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilishi kerak edi. Biroq ma’lum sabablarga ko‘ra marosim bekor qilindi.
Xo‘sh, bunga sabab nima? Qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladimi o‘zi? Jahon chempionati bekor qilinishi ham mumkinmi?
Indoneziyada bo‘ladigan musobaqaga mamlakatning olti hududidan ikkitasi, ya’ni Bali va Markaziya Yava regioni Isroil davlatining kirishini istamasligini ma’lum qildi. Bu qarorga Iroq davlati ham xayrixoh ekanini bildirgan. Agar Indoneziya taraf shu qarorda qoladigan bo‘lsa, turnir kechiktirilishi, boshqa davlat mezbonligiga o‘tkazilishi yoki umuman bekor qilinishi ham mumkin.
Muammoga yechim sifatida Isroil termasining guruh bosqichidagi o‘yinlarini Indoneziyaga yaqin bo‘lgan Singapur mamlakatida o‘tkazish varianti ham mavjud. Biroq agar Isroil guruhdan chiqadigan bo‘lsa, vaziyat yana murakkablashadi. Bu haqda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z telegram kanalida to‘xtalib o‘tgan.
Hozircha 31 mart sanasida o‘tkazilishi bekor qilingan qur’a tashlash marosimi qachon o‘tkazilishi ochiqlanmadi.
Ma’lumot o‘rnida, mezbon Indoneziya avtomatik tarzda 1-savatdan joy olgan. Iroq esa 3-savatda qayd etilgan. Isroil termasini eng so‘nggi 4-savatda ko‘rishimiz mumkin. Bu degani Indoneziya ham, Iroq ham guruh bosqichida yevropaliklarga duch kelishi mumkin.
Qayd etish lozim, Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston termasi Nigeriya, Yaponiya, Iroq, Gonduras va Fiji bilan birga 3-savatchadan o‘rin olgan. Shu tariqa, vakilarimizga Indoneziya, Janubiy Koreya va yuqorida nomi tilga olingan jamoalarning raqib bo‘lmasligi aniq.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin