
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
-92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov gruziyalik Giorgi Tchigladze bilan ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz jangda 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Mullojonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Jang o‘ylaganimdan ham juda zo‘r o‘tdi. Jangdan jangga ochilib boryapmiz. Raqibim jismoniy tomondan ancha baquvvat. Lekin murabbiylarimiz qo‘ygan taktikamiz bilan ishlab, g‘alabaga erishdik. Ikki raund katta farq bilan yutganim uchun murabbiylar ortiqcha harakatsiz jangni yakunlashimni aytishdi.
Bu vaznga hali to‘liq moslashdim, deb ayta olmayman. Hozir shu jarayon kechmoqda. Vazn tashlash qiyinchilik tug‘dirmadi, desam ozroq yolg‘on gapirgan bo‘laman.
Avval ham keyingi bosqichdagi kubalik raqibim bilan to‘qnash kelishni juda xohlayotganimni aytgandim. Endi jangda ko‘ramiz, kim kuchli ekanligini, - dedi Lazizbek Mullojonov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar