
Bugun 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionatining 3-tur o‘yinlari start oladi. "A" guruhida vakillarimiz O‘zbekiston terma jamoasi Gvatemalaga qarshi saf tortadi.
Hozirda jamoamiz 3-o‘rinni band etib turibdi. Biz esa qolgan guruhlardagi 3-o‘rin sohiblari to‘plagan ochkolarga e’tibor qaratishni lozim topdik.
2-tur o‘yinlaridan so‘ng 3-o‘rindagi jamoalar jamg‘argan ochkolar shunchani tashkil etadi. Ayni damda bizning g‘alaba qozonishimiz (imkon qadar yirikroq) pley-off yo‘llanmasini 3-o‘rin bilan qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘ladi.
Guruximizdagi ikkinchi o‘yinda Argentina ikki to‘p farqi bilan yengsa, minimal hisobdagi g‘alaba ham 2-o‘rinni egallaymiz. Qisqasi, bugun yutish kerak.

Manba: Yahyoxo‘ja Ulug‘ho‘jayev telegram kanali
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar