O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Buguni mashg‘ulotlar chog‘ida U-20 termamiz sardori Umarali Rahmonaliyev Argentinadagi jahon chempionati, Isroilga qarshi mag‘lubiyat haqida gapirdi.
"Jahon chempionati ajoyib o‘tdi. Bu turnir biz uchun juda katta maktab vazifasini o‘tab berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yutishni va mag‘lubiyat holatidan qanday chiqib ketishni o‘rgandik. Yaxshi natija qayd etdik. Bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi, biroq so‘nggi daqiqalarda konsentratsiyani yo‘qotganimiz tufayli jazolandik.
Hozirgi yig‘inga keladigan bo‘lsak, mashg‘ulotlarni boshlab oldik. Jamoaning ichki muhiti ajoyib, ahil jamoa tashkil topgan. Bu yerda faqat o‘sish mumkin. Bu yerga chaqirildik va buni oqlashga harakat qilamiz", - dedi Rahmonaliyev.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin