17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan Yaponiya - O‘zbekiston bahsi yakunlandi. Unda vakillarimiz 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Raqiblarning goli 8-daqiqada kiritildi. Qanotdan oshirib berilgan to‘pga Yutaka Michivaki boshi bilan zarba berdi va posbonimizni dog‘da qoldirdi. 80-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Amirbek Saidov aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi - 1:1.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz 2-turni 3 kundan keyin 20 iyunda o‘tkazadi. Shu sanada Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlariga Hindiston termasi raqiblik qiladi. Bellashuv 17:00 da start olishi ko‘zda tutilgan.
Yaponiya U-17 - O‘zbekiston U-17 - 1:1
Gollar: Yutaka Michivaki 8, - 1:0. Amirbek Saidov 83, - 1:1.
Yaponiya U-17: 1.Goto Vataru, 2.Xaruto Matsumoto, 3.Keyta Kosugi, 4.Kaito Suchiya, 5.Shuto Nagano, 6.Ryunosuke Yada, 9.Yutaka Michivaki (11.Rento Takaoka, 69), 10.Ryunosuke Sato, 13.Yumeki Yoshinaga (20.Gakuto Kavamura, 60), 14.Gaku Navata (7.Shungo Sugiura, 69), 15.Joi Yamamoto.
Zaxira: 8.Koxei Mochizuki, 12.T.Kanbayashi, 16.Kotaro Xonda, 17.Shotaro Shibata, 18.Xiroshi Taro Nakajima, 19.Daiki Miyagava, 21.Gota Yamaguchi, 22.Yuya Kuroki, 23.R.Araki.
O‘zbekiston U-17: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Azizbek To‘lqinbekov, 6.Ozod O‘ktamov, 7.Lazizbek Mirzayev (2.Aminbek Yoqubov, 87), 8.Behruz Shukurullayev (11.Quvonch Abrayev, 46) (16.Muhammadali Reimov, 74), 13.Behruz Jumatov, 14.Shodiyor Shodiboyev, 17.Ollobergan Karimov, 19.Sherzod Abdulboriyev, 20.Oybek O‘rmonjonov (9.Amirbek Saidov, 74), 23.Dilshod Abdullayev (3.Muhammad Bobur Karimov, 59).
Zaxira: 1.Diyor To‘laboyev, 12.Asilbek No‘monov, 4.Asror Otaxonov, 10.Abdulhamid Turg‘unboyev, 15.Abdulhamid Ikromov, 18.Nikolas Akopov, 22.Mamadalixon Olimov.
Ogohlantirishlar: Kaito Suchiya 16, Ollobergan Karimov 29.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi