18:18 / 26.07.2023
118

CAFA Futsal Cup-2023. O‘zbekiston Turkmanistonni mag‘lubiyatga uchratdi

CAFA Futsal Cup-2023. O‘zbekiston Turkmanistonni mag‘lubiyatga uchratdi

Foto: O‘FA
Tojikiston poytaxti Dushanbeda CAFA Futsal Cup-2023 turniri 3-turi doirasida O‘zbekiston hamda Turkmaniston milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari musobaqadagi uchinchi o‘yinida turnirdagi 2-g‘alabasini rasmiylashtirdi. Ixtiyor Ropiyev, Akbar Usmonov va Ilhom Hamroyevning uchta goliga qo‘shnilarimiz bitta gol bilan javob qaytarishdi – 3:1.

Shu tariqa, O‘zbekiston guruhdagi ochkolari sonini 6taga yetkazib, hozircha 2-o‘ringa ko‘tarildi. Bugun tur doirasida Eron – Afg‘oniston, Tojikiston – Qirg‘iziston o‘yinlari o‘tkaziladi. Vakillarimiz dastlabki ikki turda mezbonlarni mag‘lub etgan, afg‘onlarga esa yutqazgandi.

CAFA Futsal Cup-2023. 3-tur
O‘zbekiston – Turkmaniston – 3:1
Gollar: Ixtiyor Ropiyev 3', Akbar Usmonov 13', Ilhom Hamroyev 35' - Shiri Bayramdurdiyev 37'.
O‘zbekiston: 1. Ravshan Eliboyev, 2. Xushnud Erkinov, 3. Mashrab Odilov, 5. Sunnatilla Jo‘rayev, 11.Akbar Usmonov. 
Zaxira: Abbos Elmurodov, Ilhomjon Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev, Ixtiyor Ropiyev, Abdulla Solihov, Abduvaliyev.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » CAFA Futsal Cup-2023. O‘zbekiston Turkmanistonni mag‘lubiyatga uchratdi