
“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourino “Barselona” hujumchisi Lionel Messini boshqa klub futbolkasida tasavvur qiolomasligini ma’lum qildi. Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Messining “ko‘klar” tarkibiga ko‘chib o‘tishi haqidagi mish-mishlarni rad etgandi.
“Nazarimda, Messi butun umr faqat “Barselona”da o‘ynaydigandek. Balki men yanglishayotgandirman. Axir hech kim voqealarning kelajakda qanday rivojlanishi aniq bilmaydi.
Ammo o‘ylashimcha, “Barselona” klub uchun juda katta ahamiyat kasb etuvchi futbolchini boshqa jamoaga qo‘yib yubormasa kerak. Shuning uchun ham Messini boshqa libosda tasavvur qilolmayman”, - deya La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib Mourino fikrlarini keltiradi championat.com.
Manba: www.std.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar