"Paxtakor" klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev Championat.asia saytiga intervyu berdi.
- "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklaymiz. Jamoa mavsumni qanday o‘tkazdi?
- Og‘ir mavsum o‘tkazdik. Chempionlikni qo‘lga kiritish oson bo‘lmadi. Menimcha, tarixdagi eng qiyin chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldik. Mana shunday iroda bilan chempionlikka erishish kerak.
- "Paxtakor" Superliga g‘olibi bo‘lganiga qaramay, O‘zbekiston kubogi va mamlakat superkubokida muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bunday natija borasida qanday fikrdasiz?
- "Paxtakor" har bir musobaqada g‘olib bo‘lishga intiladi. Mamlakat kubogi va superkubogidagi ishtirokimizni erta yakunlaganimiz qoniqarli bo‘lmadi. Keyingi mavsumda natijalarimizni yanada yaxshilaymiz. Oldimizga qo‘ygan rejalar va maqsadlar ulkan. Yangi baza va akademiya qurish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Ishlashda davom etamiz.
- Yangi akademiya va baza qayerda bunyod etilmoqda va qachon foydalanishga topshiriladi? Bu haqda batafsil ma’lumot bera olasizmi?
- Keyingi uchrashganimizda, bunga o‘zingiz bevosita guvohi bo‘lganingiz yaxshiroq, nazarimda. Hozir esa chempionlikni nishonlaylik.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring