Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-6) oktagonga qaytishi va raqibi kim bo‘lishini ma’lum qildi.
“Sport tarixidagi eng buyuk qaytish Las-Vegasdagi xalqaro jang haftasida yuz beradi. 29 iyun kuni Maykl Chendlerga qarshi jang qilaman”, — deb aytib o‘tdi Konor ijtimoiy tarmoqqa joylagan videosida.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor so‘nggi jangini 2021 yil iyul oyi Dastin Porega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Pore texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.
Chendler esa 2022 yilning noyabr oyida Porega mag‘lub bo‘lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar