"Real" Ispaniya superkubok finalida "Barselona"ni 4:1 hisobida mag‘lub qilib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ushbu sovrin Florentina Peres uchun 33-kubok bo‘ldi.
Shu tariqa, Peres Santyago Bernabeuni ortda qoldirib, klub tarixida eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan prezidentga aylandi. Uning davrida futbol va basketbol jamoalari umumiy 59 ta titulga ega chiqdi. Florentina bu haqda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Mening davrimda umumiy 59 ta sovrinni yutdikmi? Bu klub uchun esda chiqarilmaydigan narsa bo‘libdi, endi keyingilarini o‘ylash kerak".
Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" la Ligada ham chempionlik uchun kurashmoqda. Madridliklar hisobida 48 ochko bor va peshqadam "Jirona"dan klub 1 ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar