date
views 233

Marselo Galyardo: "Murabbiylar shtabi bilan Benzemani Namanganga olib kelmaslikka qaror qildik"

Marselo Galyardo: "Murabbiylar shtabi bilan Benzemani Namanganga olib kelmaslikka qaror qildik"
Foto: championat.asia
OCHL 1/8 finali doirasidagi "Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘yindan oldingi matbuot anjumanida "Al Ittihod" jamoasi bosh murabbiyi va futbolchi Ahmad Xegazilar matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Janob bosh murabbiy ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?
- Ertangi uchrashuv qiziq kechadi degan umiddaman. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Biz jamoani yangilamoqdamiz. Ushbu musobaqada imkon qadar uzoqroq ishtirok etmoqchimiz. Ertaga kuchli raqibga qarshi maydonga chiqamiz, ammo shunga qaramay g‘alaba qozonish maqsadimiz.

Ahmad Xegazi
- Ertangi uchrashuv va raqib haqidagi fikrlaringiz?

- Biz ertangi uchrashuvda ko‘proq o‘zimizning o‘yinimizga e’tibor qaratamiz. Ikkala jamoa ham mavsumni endi boshlamoqda. Ikki jamoada ham kuchli futbolchilar bor. Har bir raqibimizni natijadan qat’iy nazar juda qattiq hurmat qilamiz.

- Ertangi uchrashuvning o‘zidayoq keyingi bosqich masalasini hal qilish niyatingiz bormi? Ya’ni mezbon sifatida o‘ynaydigan uchrashuvimizda natija katta ahamiyatga ega bo‘lmasligi qanchalik real?
- Ertaga oson o‘yin bo‘ladi deya olmayman. Men jamoaga kelganimga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Bu qisqa vaqt ichida mazmunli narsa yaratish oson ish emas. Biz kelajagimizni o‘ylab reja va uslub tuzamiz. Ko‘pgina futbolchilarimiz ham terma jamoalar safidan yaqindagina qaytishdi. Ertangi uchrashuvda osongina g‘alaba qozonamiz demayman.

- Karim Benzema ertangi uchrashuvda ishtirok etmasligi aniq bo‘ldi. Benzema nima sababdan Namanganga kelmadi?
- Benzema yakka tartibda shug‘ullanmoqda. Bu murabbiylar shtabinining qarori. Keyingi haftada uni jamoaga qo‘shishni reja qilyapmiz.

Ahmad Xegazi
- O‘zbekistonning sovuq havosi futbolchilarga qanchalik qiyinchilik tug‘dirishi mumkin?

- Biz avvalambor yaxshi o‘yin namoyish etishimiz kerak. Ob-havo va qolgan jihatlar ikkinchi darajada. Maydonning holatini ham a’lo darajada deb bo‘lmaydi. Lekin biz ushbu sharoitlardan xabardor edik. Muhimi, ertaga yaxshi natija qayd etish.

- Futbolchi Marselo Groe nega jamoa bilan birga emas? U ham Namanganga olib ketilmadi.
- Bunga sabab legionerlarga qo‘llangan limit. Saudiya ligasida biz 10taga legionerni o‘ynatishimiz mumkin, biroq OCHL bahslarida 5ta legionerni o‘ynatish mumkin. Groe kelmaganligining sababi bu legionerlarga qo‘yilgan cheklov.

- Osiyo kubogi-2023 musobaqasi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida bir nechta "Navbahor" futbolchilari ishtirok etishdi. O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlarini kuzatdingizmi?
- Albatta. O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini kuzatib bordim, ammo birinchi navbatda men o‘z futbolchilarimning terma jamoadagi ishtiroklarini kuzatishga majbur edim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marselo Galyardo: "Murabbiylar shtabi bilan Benzemani Namanganga olib kelmaslikka qaror qildik"