202
Otabek Shukurov: "Bosh murabbiyimiz o‘yin vaqti telefon orqali ko‘rsatma berib tursa kerak"
O‘zbekiston terma jamoasining bugungi mashg‘ulotida "Kayserispor" klubi futbolchisi va terma jamoamiz yetakchisi Otabek Shukurov Gonkongga qarshi kechadigan javob uchrashuvi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
- Gonkongga qarshi kechgan g‘alabani qo‘lga kiritish qanchalik qiyin bo‘ldi?
- Yaxshi o‘yin o‘tkazdik deb o‘ylayman. Safardagi o‘yinlar har doim qiyin kechadi. Ikki kun oldin borib, u yerdagi iqlim va sharoitga ko‘nikishingiz kerak. Kamchiliklar esa hamma yerda bor. Gonkongga qarshi o‘lchami kichik maydonda o‘ynadik. Bu oson emas. Biroq hozir saralash bosqichida faqat g‘alaba qozonishimiz kerak. Uch ochko bilan qaytdik. Kecha esa ertangi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladik.
- Srechko Katanetsning yo‘qligi jamoaga qanchalik ta’sir qilishi mumkin?
- Murabbiy o‘rni katta, ammo vaziyatdan kelib chiqib ishlashda davom etishimiz kerak. Bosh murabbiyning yordamchilari bor. Futbolchilar bilan birga murabbiy uchun ikki hissa o‘ynaymiz. Menimcha bosh murabbiy o‘yin davomida telefon orqali ko‘rsatmalar berib tursa kerak.
- Gonkong terma jamoasining ustunlik tomonlari haqida gapirib o‘tsangiz?
- Gonkong terma jamoasi asosan mahalliylashtirilgan futbolchilar bilan o‘ynar ekan. Shuningdek, hujum davomida 4-5ta futbolchi qo‘rqmay hujumga qo‘shilishar ekan. Bu bir tomonlama bizga ustunlik beradi. Gonkongdagi uchrashuvda noqulay sharoitli stadion tanlanganidan xabaringiz bor.
- Ertangi uchrashuvda muxlislarning qo‘llab quvvatlashi qanchalik muhim?
- Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Muxlislarning qo‘llab quvvatlashi esa juda muhim, sababi terma jamoa vatan uchun o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”