17:22 / 24.04.2024
244

Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman"

Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman"
Vetnam olimpiya terma jamoasi bosh murabbiy Xoang An Tuang O‘zbekistonga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng (0:3) uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- O‘zbekiston terma jamoasi juda kuchli ekanligini bugun maydonda isbotladi. Bugungi natija qanday o‘yin bo‘lganini ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston terma jamoasini tabriklayman.

- Iroq terma jamoasiga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rmoqchisiz?
- Keyingi uchrashuv biz uchun ham, Iroq uchun ham oson bo‘lmaydi. Iroq guruh bosqichida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, ular keyinchalik kuchli jamoa ekanligini isbotlashdi. Iroqqa qarshi alohida reja ishlab chiqishimiz kerak. Oson bahs bo‘lmasligi aniq.

- Birinchi bo‘limdan so‘ng nega ko‘p uzgarishlarga qo‘l urdingiz? Bunga sabab nima?
- Birinchi bo‘limdagi o‘yinimizdan ko‘nglim to‘lmagani uchun.

- O‘zbekiston qaysi jihatlarda Vetnam jamoasidan ustunroq bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
- O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi nafaqat bugungi uchrashuvda, balki oldingi uchrashuvlarda ham buni isbotlab keldi. Vetnam va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi farq katta va yakuniy hisob ham buni ko‘rsatib berdi. O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib bora olishiga ishonaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman"