102
Yevro-2024. Fevzi Davletov: "Chempionlik uchun favoritlar ko‘p. Lekin boshqa jamoalarni ham unutmaslik kerak"
"Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov ertaga start oladigan Yevro-2024 musobaqasi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Shubhasiz, Yevropa chempionatida jamoalar o‘rtasida qizg‘in raqobat kechadi. Shaxsan men Fransiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlayman. Jamoa yaxshi shakllangan va chempionlik uchun kurashishga tayyor. Kilian Mbappe bilan Fransiyani o‘yinini tomosha qilish qiziqarli bo‘ladi deb o‘ylayman.
Germaniya terma jamoasi so‘nggi yillardagi musobaqalarda yaxshi natija ko‘rsata olmayapti va guruhdan chiqishni ham uddalayotgani yo‘q. Oxirgi ikki Jahon chempionatida guruhda qolib ketdi, Yevro-2020da esa jamoa 1/8 finalda to‘xtadi. Hozir u yerda Yulian Nagelsman ishlamoqda. Ishonamanki, nemislar o‘z uylarida munosib harakat qiladi va hal qiluvchi bosqichgacha yetib boradi. Ammo omadsizlik yuz berishi nemis futbolida inqiroz borligini anglatadi.
Ilk Yevropa chempionatim o‘smirlik chog‘larimga to‘g‘ri keladi. Niderlandiya va SSSR o‘rtasidagi ajoyib final yodimda. Unda niderlandiyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Rudd Gullit va Marko Van Bastenning goli jahon tarixidagi eng chiroyli gollardan biri hisoblanadi.
Yuqorida aytganimdek Yevropa chempionatida favoritlar ko‘p. Turnirda raqobat katta. Chempionlik uchun kurashadigan bir nechta jamoalar bor. Fransiya, Angliya, Luchano Spaletti boshchiligidagi Italiya, Portugaliya Ronaldu bilan, Ispaniya yosh jamoasi bilan yaxshi harakat qila oladi. Lekin o‘zini ko‘rsatadigan boshqa jamoalarni ham unutmaslik kerak. Masalan, Xorvatiya va Belgiya", - deydi Fevzi Davletov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»