18:24 / 27.06.2024
359

Ravshan Ermatov: "Yaponiya, Koreya va Avstraliya tushmasligini xohlagandim, yakunda ham shunday bo‘lib chiqdi"

Ravshan Ermatov: "Yaponiya, Koreya va Avstraliya tushmasligini xohlagandim, yakunda ham shunday bo‘lib chiqdi"
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov sal oldin yakuniga yetgan Jahon chempionati-2026 saralashining 3-bosqichi qur’a natijalari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qur’a omadli keldi. Bosh murabbiy Srechko Katanes ta’kidlaganidek, ko‘p safarlarga chiqmaymiz. Tasavvur qiling, Avstraliyaga uchib borsak, ko‘p yo‘lda yuramiz, 1 kun vaqt ketadi. Keyin ortga qaytish bor, bu futbolchilarga qiyinchilik tug‘diradi, vaqt tafovutiga ko‘nikish kerak bo‘ladi. 2015 yilda bu ancha sezilgan va qaysidir ma’noda ta’sir qilgandi.

Shu tomonlama o‘zimizga yaqin bo‘lgan Qirg‘iz Respublikasi, Eron, Qatar kabi mamlakatlarga borish yaxshi bo‘ldi, ammo hamma jamoani hurmat qilishimizni alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Yuqori savatchalardan Yaponiya, Koreya va Avstraliya tushmasligini xohlagandim, yakunda ham shunaqa bo‘lib chiqdi. Qur’a haqiqatan omadli keldi
", – dedi Ermatov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov: "Yaponiya, Koreya va Avstraliya tushmasligini xohlagandim, yakunda ham shunday bo‘lib chiqdi"