Tramp AQSH hukumati uchun "sun’iy intellekt" atamasini o‘zgartirdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp 29 sentyabr kuni federal hukumat hujjatlarida “sun’iy intellekt” va “AI” atamalaridan voz kechib, ularning o‘rniga “super intellekt” va “SI” atamalaridan foydalanishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy xabariga tayanib, xorijiy OAV ma’lum qildi.
Farmonga ko‘ra, AQSH ijro hokimiyati tarkibidagi barcha departament va idoralar rasmiy yozishmalar, ommaviy xabarlar, veb-saytlar, hisobotlar, siyosiy hujjatlar hamda qonunchilik hujjati hisoblanmaydigan boshqa materiallarda “Super Intelligence” va “SI” atamalaridan foydalanishi kerak.
Hujjatda “sun’iy intellekt” atamasi texnologiyaning jadal rivojlanib borayotgan imkoniyatlarini to‘liq ifodalamagani qayd etilgan. Farmonda “super intellekt” iborasi ushbu texnologiyalarning salohiyati va rivojlanish imkoniyatlarini yaxshiroq aks ettirishi ta’kidlangan.
Shu bilan birga, bu o‘zgarish “sun’iy intellekt” atamasi dunyo miqyosida rasman bekor qilinganini anglatmaydi. Farmonning talablari AQSH federal ijro hokimiyati doirasidagi rasmiy materiallarga taalluqli.
Ma’lumot uchun, “Artificial Intelligence” atamasi 1955 yil 31 avgustda tayyorlangan Dartmut yozgi tadqiqot loyihasi taklifida qo‘llangan. Hujjat mualliflari Jon Makkarti, Marvin Minskiy, Natanil Rochester va Klod Shennon bo‘lgan.






























Izohlar 0
…