Turkiyada shifokorlar bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qilgani aytilmoqda

1 daqiqa o'qish191
Turkiyada shifokorlar bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qilgani aytilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Istanbuldagi Okan universiteti shifoxonasida Murat Tarakchi ismli bemorning o'ng qulog'i o'rniga adashib chap qulog'iga jarrohlik amaliyoti o'tkazildi.
  • Narkozdan chiqqach, bemor chap qulog'ida og'riq sezib, xato yuz berganini aniqlagan.
  • Shundan so'ng, bemor bir kun ichida yana bir marta operatsiya qilinib, o'ng qulog'iga muolaja o'tkazilgan.
  • Murat Tarakchi shifoxona va tibbiyot xodimlari ustidan shikoyat qilgan va huquqiy jarayon boshlangan.

Turkiyaning Istanbul shahridagi Okan universiteti shifoxonasida bemorning kasallangan o‘ng qulog‘i o‘rniga adashib chap qulog‘iga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani haqida xabar berildi. Bu haqda «Akşam» va boshqa turk nashrlari yozdi.

Ma’lum qilinishicha, Koҗaeli viloyatining Gebze tumanida yashovchi Murat Tarakchi o‘ng qulog‘idagi o‘rta quloqda suyuqlik to‘planishi sababli Istanbulning Tuzla tumanidagi Okan universiteti shifoxonasiga murojaat qilgan. Tekshiruvlardan so‘ng unga o‘ng qulog‘ida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Biroq Tarakchining aytishicha, operatsiya vaqtida uning o‘ng qulog‘i o‘rniga chap qulog‘iga naycha o‘rnatilgan. U narkozdan uyg‘ongach, chap qulog‘ida kuchli og‘riqni his qilgan va aynan shu qulog‘iga muolaja qilinganini bilgan. Shundan so‘ng xato tibbiy xodimlarga ma’lum bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, tibbiy guruh o‘sha kuni bemorni yana umumiy narkoz ostida operatsiya qilgan va bu safar kerakli — o‘ng qulog‘iga muolaja o‘tkazilgan. Shu tariqa Tarakchi bir kunning o‘zida ikki marta umumiy narkoz olgan.

Okan Universiteti shifoxonasi binosi va qo‘lida hujjat tutgan erkak tasvirlangan.

Tarakchi shifokorlarning xatosidan norozi bo‘lib, shifoxona va tibbiyot xodimlari ustidan shikoyat qilgan. Uning advokati voqeani «noto‘g‘ri tomonda amalga oshirilgan jarrohlik» sifatida baholab, huquqiy jarayon boshlanganini bildirgan. Bemor esa operatsiyalardan keyin qulog‘ida shang‘illash, eshitish va muvozanat bilan bog‘liq muammolar kuzatilayotganini da’vo qilgan.

Okan universiteti shifoxonasi ma’muriyati esa davom etayotgan huquqiy jarayon sababli hozircha izoh bermasligini ma’lum qilgan. Shu bois bemor bildirgan ayrim oqibatlar va xatoga oid holatlar hozircha yakuniy huquqiy xulosa sifatida emas, uning da’volari sifatida ko‘rilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?