Foto: Getty Images
UYEFA Merih Demiralning gol nishonlashdagi ishorasi tufayli tergov boshladi.
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYEFA) bugun, 3 iyun sanasida ushbu ishora sabab ish ochgani va turkiyalik futbolchining “nomaqbul xatti-harakati”ni tekshirish uchun inspektor tayinlaganini e’lon qildi.
Tashkilot bu masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilgan.
Himoyachi Merih Demiral 2 iyul kuni Avstriyaga qarshi o‘yinda (2:1) dubl qayd etdi va Turkiyani Yevro—2024 musobaqasi chorak finaliga olib chiqdi.
Saudiyaning “Al-Ahli Jidda” klubining 26 yoshli futbolchisi Avstriyada taqiqlangan ishora bilan jamoasining keyingi bosqichga chiqqanini nishonladi.
O‘yindan so‘ng “Yuventus”ning sobiq futbolchisi ijtimoiy tarmoqqa ushbu ishorani bajarayotgan holatdagi suratini joylashtirdi va “Kim o‘zini turk deb atasa, u qanday baxtli odam”, deb yozdi. Bu Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti, zamonaviy turk davlatining asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning 1933 yili Respublika bayramida aytgan iborasidir. Bu turk millatchilarining norasmiy shiori hisoblanadi.
“Bu nishonlash mening turkiyligim bilan bog‘liq. Shuning uchun men bu imo-ishorani qildim,— dedi Demiral o‘yindan keyin. — Stadionda odamlarni ham shu ishorani qilayotganini ko‘rdim. Buning ortida hech qanday yashirin xabar yo‘q. Biz hammamiz turkmiz, men turk ekanligimdan juda faxrlanaman va bu imo-ishora shuni anglatadi. Men qanchalik baxtli ekanligimni va qanchalik faxrlanganimni ko‘rsatmoqchi edim”.
Avstriyada 2019 yildan beri xuddi shu “kulrang bo‘rilar” imo-ishorasi va uning ramziylashtirish taqiqlangan. Qoidabuzarlik to‘rt ming yevro miqdorida jarima bilan jazolanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi