17:31 / 13.07.2024
177

Lamin Yamal: "Mbappe mening futbolkamni so‘radi"

Lamin Yamal: "Mbappe mening futbolkamni so‘radi"
Ispaniya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Lamin Yamal Fransiya terma jamoasi sardori va yetakchisi Kilian Mbappe Yevropa chempionatining yarim final uchrashuvidan keyin futbolka alishtirishni so‘raganini aytdi.

Ma’lumki, final yo‘llanmasi uchun bahsda ispanlar fransiyaliklarni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqadan chiqarib yubordi. Gollardan biri aynan Yamal kiritib, qit’a va jahon chempionatlari tarixida gol urgan eng yosh futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

- O‘yindan keyin Kilian Mbappe mening futbolkamni so‘radi, - dedi Lamin Yamal jurnalistlar bilan suhbatda.

Ta’kidlash joizki, Kilian Mbappening Germaniya maydonlaridagi o‘yini muxlisu mutaxassislarning e’tirozi va tanqidiga sabab bo‘lmoqda. Aksincha. Lamin Yamal yorqin o‘yinlari bilan barchaning e’tiborini qozondi va Ispaniya terma jamoasining finalga chiqishiga munosib hissa qo‘shdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal: "Mbappe mening futbolkamni so‘radi"