345
"Nasaf" ertaga "Spartak" bilan o‘ynaydi. "Nasaf"ning to‘rt legioneri nega Moskvaga uchmadi?
Ertaga, 15 iyul kuni Qarshining "Nasaf" klubi Moskvada "Spartak"ka qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Biroz avval "ajdarlar" Rossiya poytaxtiga yetib borishdi va Moskva shahridagi "Plaza Grand" mehmonxonasiga joylashishdi. "Nasaf" safida Rossiyaga faqat birgina legioner Marko Stanoyevich yo‘l oldi.
Braziliyalik Viktor Da Silva jarohat olgan va ayni paytda Italiyada davolanmoqda. Zoran Marushich ham jarohatini davolamoqda. Gruziyalik Temur Chogadze va Jambuli Jigauri esa siyosiy sabab tufayli Rossiyaga borishmadi.
Ma’lumot uchun, yaqindagina "Qizilqum" Yekaterinburg shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etdi va Navoiy klubining gruziyalik legionerlari ushbu musobaqada ishtirok etishmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Spartak" - "Nasaf" uchrashuvi 15 iyul kuni Moskva shahridagi "Lukoyl Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”