Foto: Olympic
Parijda 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi davom etmoqda. Ushbu musobaqaga sportchilar o‘zgacha tayyorgarlik ko‘radi.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi musobaqa g‘oliblarini alohida pul mukofoti bilan taqdirlamaydi. Ammo ushbu Olimpiadadan boshlab turli sport tashkilotlari o‘z sportchilarini moliyaviy mukofotlashni maqsad qilgan.
Masalan, Xalqaro boks assotsiatsiyasi Olimpiya medallarini qo‘lga kiritgan sportchilarga pul mukofoti va’da qilgan. Boks bo‘yicha musobaqalarda oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 100 ming AQSH dollari, kumush medal egalari 50 ming va bronza medali sohiblari 25 ming AQSH dollariga ega chiqadi.
World Athletics shu yildan boshlab atletika bo‘yicha barcha oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarga 50 ming AQSH dollari beradi.
Bundan tashqari, har bir davlat o‘z sportchilarini pul mukofoti bilan taqdirlashni odat qilgan. Ushbu o‘zgacha poygada Gonkong yetakchilik qilmoqda. Gonkonglik sportchilarga Olimpiada oltin medali uchun 768 ming AQSH dollari va’da qilingan. Olimpiadalar tarixida gonkonglik sportchilar hech qachon bir musobaqada bittadan ortiq oltin medalni qo‘lga kiritmagan. Ammo bu yilgi musobaqaning 3 kunida sportchilar 2 ta oltinni Gonkong hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Qilichbozlik bo‘yicha qatnashayotgan Chung Ka Long musobaqada tengsiz bo‘ldi. Qiziqarlisi, aynan uning o‘zi Tokio Olimpiadasida ham zafar quchgan edi.
Gonkong hisobida umumiy 4 ta oltin, 3 ta kumush hamda 5 ta bronza medali mavjud.
Singapurlik sportchilarga oltin medal uchun 1 million singapur dollari ( 737 ming AQSH dollari) beriladi. Bunday sovringa birgina suzish musobaqalarida qatnashadigan Jozef Skuling ega chiqqan. U 2016 yil Rioda bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘z mamlakati hisobidagi yagona oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Singapur hisobida bugungi kungacha 1 ta oltin, 2 ta kumush hamda 2 ta bronza medali mavjud.
Tayvan davlati o‘z sportchilariga oltin medal uchun 720 ming AQSH dollari va’da qilgan.
Tayvan hisobida barcha Olimpiadalarni qo‘shib hisoblaganda 7 ta oltin, 11 ta kumush hamda 18 ta bronza medali mavjud.
Markaziy Osiyo davlatlari ham Olimpiada medali sohiblarini mukofotlashda boshqa davlatlardan qolishmaydi. Masalan, Qozog‘iston davlati sportchilarga pul mukofoti taqdim etishda dunyoning eng yuqori 10 davlatidan biri hisoblanadi.
Qozoq sportchilari oltin medal uchun 250 ming AQSH dollari pul mukofotini qo‘lga kiritadi. Kumush medal uchun 150 ming AQSH dollari va bronza medali uchun 75 ming AQSH dollari va’da qilingan.
Bundan tashqari qozog‘istonliklar puldan tashqari ko‘p qavatli uy egasiga ham aylanadi.
Ma’lumot uchun, hozirgacha qozog‘istonliklar Parij Olimpiadasidagi 3 medalni ham qo‘shib hisoblaganda, 15 ta oltin, 21 ta kumush va 38 ta bronza medaliga ega chiqqan.
O‘zbekiston ham sportchilarni mukofotlashda boshqalarga o‘rnak bo‘ladi. Prezident qaroriga muvofiq, Parijdagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchi 200 ming AQSH dollari, kumush medal uchun 100 ming, bronza uchun 50 ming dollarni qo‘lga kiritadi.
Foto: Instagram
O‘zbekistonlik musobaqa sovrindorlariga pul mukofotidan tashqari avtomobil sovg‘a qilish ham an’anaga aylangan. Masalan, Tokio Olimpiadasi sovrindorlariga Tahoe hamda Trailblazer avtomobili ham hadya qilingan edi.
O‘zbekistonlik sportchilar dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni bo‘lgan Diyora Keldiyorovani ham qo‘shib hisoblaganda, 12 ta oltin, 6 ta kumush hamda 20 ta bronza medaliga ega chiqqan.
Qirg‘iziston sportchilari oltin medal uchun 117 ming AQSH dollari oladi. Kumush (82 ming) hamda bronza (58 ming 600) medallari uchun ham pul mukofoti va’da qilingan.
Qirg‘izistonliklar hisobida hozirgacha oltin medal yo‘q. Qo‘shni respublika vakillari shu paytgacha 3 ta kumush hamda 4 ta bronza medaliga ega chiqqan.
Tojikiston hukumati Olimpiada oltin medali uchun 28 ming dollar, kumush uchun 23 ming hamda bronza uchun 18 ming AQSH dollari va’da qilgan.
Bundan tashqari, sportchilar xuddi qozog‘istonliklar kabi ko‘p qavatli uylarga ega chiqadi.
Shu paytgacha tojikistonliklar 1 ta oltin, 1 ta kumush hamda 2 ta bronza medali sovrindori bo‘lgan.
Turkmaniston Respublikasi sportchilarga qancha pul mukofoti va’da qilgani haqidagi ma’lumotlar ochiq manbalarda topilmadi.
Foto: “Arabnews”
Turkmanistonliklar tarixidagi yagona medalni Tokio Olimpiadasida qo‘lga kiritgan. Polina Gurevaning kumush medali uchun unga Turkmaniston hukumati 50 ming AQSH dollari bilan mukofotlagan edi. Bundan tashqari, sportchiga avtomobil va uy ham berilgan.
Ba’zi mamlakatlar mukofot miqdorini e’lon qilmaydi. Ammo sportchi biror natijaga erishsa, munosib taqdirlaydi. Masalan, Saudiya Arabistoni uchun 2020 yilda kumush medali taqdim etgan karate ustasi besh million rial (taxminan 1,33 million AQSH dollar) miqdoridagi mukofot bilan taqdirlangan.
Ba’zi mamlakatlar g‘oliblarga pul mukofoti bermaydi. Masalan Buyuk Britaniya, Norvegiya hamda Shvetsiya kabi davlatlarda sovrindorlar uchun alohida pul mukofoti ajratilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”