16:04 / 30.07.2024
107

Chempion bokschimizning Olimpiadada qo‘llagan jang uslubi amerikaliklarni hayratga soldi

Chempion bokschimizning Olimpiadada qo‘llagan jang uslubi amerikaliklarni hayratga soldi
Boks – O‘zbekiston sport delegatsiyasiga yirik musobaqalarda eng ko‘p medal jamg‘arishga yordam beradigan sport turlaridan biriga aylangan.

O‘zbek boks maktabi bugungi kunda dunyoda haqli ravishda eng kuchlilardan biri sifatida e’tirof etilayotgani ham bejiz emas, albatta.

Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik ishqibozlar erkaklar o‘rtasidagi yetti vaznda ishtirok etayotgan charm qo‘lqop ustalaridan ulkan g‘alabalarni kutmoqda.

Birinchilardan bo‘lib ringga ko‘tarilgan Ruslan Abdullayev ilk bahsda meksikalik tajribali bokschi Migel Anxel Martinesni katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Vazni 63,5 kilogrammgacha bokschilar bahsida qatnashayotgan Ruslanning shiddatli jang uslubini amerikalik mutaxassislar ham alohida tilga olmoqda.

- O‘zbekistonlik Ruslan Abdullayev meksikalik raqibi Mishel Anxel Martinesni mag‘lubiyatga uchratdi – 5:0.

Ruslan 21 yosh ekaniga qaramay, juda intizomli va o‘zini yig‘ib olgan bokschi. U juda sabrli, harakatlari juda barqaror va shiddatli.

Martines o‘zaro jangda bor imkoniyatlarini ishga soldi, lekin raqibini burchakka qisib qo‘yishni uddalay olmadi. Chunki Abdullayev har bir raundni o‘z foydasiga hal qildi va bu barcha hakamlarning hisob-kitob varag‘ida qayd etilgan edi
, - dedi AQSHning boksga ixtisoslashgan mashhur badlefthook.com sayti eksperti Skott Krayst.

Ruslan Abdullayev yosh bo‘lishiga qaramay, havaskorlar boksida juda katta natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Iste’dodli bokschimiz 2021 yili boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘olib chiqdi va shu yili mamlakatimizning eng yaxshi charm qo‘lqop ustasi sifatida e’tirof etilib, “Rufat Risqiyev kubogi” bilan taqdirlandi.

Bu g‘alaba Ruslanga xalqaro miqyosdagi nufuzli yirik musobaqalarga yo‘l ochdi. 2022 yili Abdullayev Iordaniyaning Amman shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatijda 63,5 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, qit’ada tengsizligini isbotladi.

2023 yili Toshkent shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida Ruslan Abdullayev o‘z vaznida dunyo miqyosida ham tengi yo‘qligini ko‘rsata oldi. Poytaxtimiz ringlarida barcha raqiblarini mag‘lub etgan hamyurtimiz jahon chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Boks va yakkakurash turlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar bazasi hisoblangan boxrec.com portalida Ruslanbek Abdullayev havaskorlar boksida jamoa 48 ta uchrashuvda ringga chiqqani, ulardan 44 tasida g‘alaba qozongani va atigi to‘rt marotaba mag‘lub bo‘lgani qayd etilgan.

Parij Olimpiadasida Ruslan Abdullayevning chorak finldagi raqibi kanadalik Vaytt Sanford bo‘ladi. Yarim final yo‘llanmasi tikilgan ushbu jang 1 avgust kuni o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempion bokschimizning Olimpiadada qo‘llagan jang uslubi amerikaliklarni hayratga soldi