
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema muxlislar va matbuot tanqidiga e’tibor qaratmasligini bildirdi.
"Real"ga o‘tar ekansan, bunday holatlarga tayyor turishing kerak. Bu o‘rinda hech qanday xatoga o‘rin yo‘q. Hatto bittagina noto‘g‘ri pasga ham. Avvaliga qiyin bo‘ladi, ammo tajribang ortib borar ekan, bunga ko‘nikasan.
Tanqidlar ko‘proq oilamga ta’sir qiladi. Chunki ular mening asosiy muxlislarim va matbuotda yozilayotgan narsalarga e’tibor qaratdilar. Men esa bunga muhtoj emasman. Jurnalistlar sharh yozishlari mumkin, ammo ular futbol haqida hech narsa bilmaydilar. Chunki hech qachon professional tarzda futbol o‘ynamaganlar.
Kimdir meni "buyuk futboli" deb atashiga ham muhtoj emasman. Men o‘z qadrimni o‘zim yaxshi bilaman va o‘z ustimda ishlashda davom etmoqdaman", - deydi Benzema.
Manba: www.uff.uz
Karim BenzemaReal MadridFutbol TanqidiMuxlislar Ta'siriJurnalistlar FikriOila Muhimi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar