15:33 / 06.08.2024
239

Turkiyalik o‘q otuvchi: "Mening holatim bunchalik shov-shuvga sabab bo‘lishini kutmagandim"

Turkiyalik o‘q otuvchi: "Mening holatim bunchalik shov-shuvga sabab bo‘lishini kutmagandim"
10 metrga pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha aralash juftlik bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritgan 51 yoshli turkiyalik Yusuf Dikech "Parij-2024" musobaqasidagi qulay uslub tufayli erishgan mashhurligi haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Internet hamjamiyatiga Dikechning musobaqalarga nisbatan noodatiy munosabati yoqdi. Janglar paytida sobiq harbiy Yusuf maxsus jihozlardan - aniqlikni oshirish uchun linzalar va quloqchinlardan foydalanmagan. Buning o‘rniga, sportchi oddiy ko‘zoynak va quloq tiqini taqib yurgan. Qo‘lini cho‘ntagiga solib turgan holati ijtimoiy tarmoqlarda virus singari tez tarqaldi.

- Bu men o‘zimni eng qulay his qilgan va tanamni eng barqaror ushlab turadigan holat edi. Tashqaridan xotirjam ko‘rinsam-da, ichkarida bo‘ron ro‘y berardi. Bu ko‘rinish bunchalik shov-shuvga sabab bo‘lishini kutmagandim. Oltin medalni qo‘lga kiritgan do‘stim: "Men birinchi o‘rinni oldim, lekin ko‘pchilik siz haqingizda gapiradi", - dedi Dikech NTV telekanalida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkiyalik o‘q otuvchi: "Mening holatim bunchalik shov-shuvga sabab bo‘lishini kutmagandim"