date
views 301

Parij—2024. Abdumalik Halokov — Olimpiada oltin medali sohibi

Parij—2024. Abdumalik Halokov — Olimpiada oltin medali sohibi
Foto: MOQ
Frantsiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-57 kg vazn toifasida harakat qiladigan Abdumalik Halokov finalda qirgʻizistonlik Munarbek Seitbek Uuluga qarshi jang qildi.

Birinchi raundda Abdumalik 5:0 hisobida ustun keldi. Ikkinchi raundni ham oʻzbekistonlik bokschi xuddi shunday hisobda yakunladi.

Uchinchi raundda ham raqibiga imkon qoldirmagan Abdumalik Halokov Parij Olimpiadasi oltin medaliga sazovor boʻldi.

Abdumalik Halokov dastlabki bosqichda Shvetsiya vakili Nebil Ibrahimga qarshi jang qilib gʻalaba qozongan edi. Ikkinchi jangida esa ispaniyalik Xose Kuiles Brotonsni taslim etgandi. Yarim finalda esa avstraliyalik Charlie Senyorni magʻlub etgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport