23:03 / 20.08.2024
106

Ivan Boshkovich: "Bir-ikki yil katta futbolda o‘ynagan futbolchini yosh deb bo‘lmaydi"

Ivan Boshkovich: "Bir-ikki yil katta futbolda o‘ynagan futbolchini yosh deb bo‘lmaydi"
Superliganing qoldirilgan 14-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "So‘g‘diyona" (0:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Bugungi o‘yinga alohida yondashuv asosida tayyorgarlik ko‘rgandik. Kuchli raqib maydonida oson o‘yin bo‘lmasligi ma’lum edi. Maydon holati ham aytarli darajada yaxshi emasdi. "Neftchi" bilan birinchi davrada to‘qnash keldik, kubokda uchrashdik, jamoaning qanday imkoniyatlari bor ekanini bilardik. Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi. Asosiy voqealar, hal qiluvchi epizodlar ikkinchi bo‘limda kechdi. Mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun katta kuch bilan oldinga o‘tishdi. Himoyada tartibli harakat qildik. O‘z kuchimizga ishongan holda ikkinchi golni kiritdik. So‘nggi daqiqalarda uchinchi golni ham urganimizdan keyin jamoadagi mehnatlarimiz zoye ketmayotganini tushundim. "Neftchi"ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

- Bir-ikki soat atrofidagi mashg‘ulot orqali jamoani yangi maydonga qanday moslashtirdingiz?
- Men uchun yoqimli savol bo‘ldi. Bilasizmi, shu maydon bizning "uyimiz". Shu maydon bizning "oilamiz". Shu orqali ishlaymiz, pul topamiz, oila boqamiz va hokazo. Shunday ekan, biz maydonga har doim moslasha olishimiz kerak, axir ishimiz shunaqa.

- Kubokdagi o‘yin va bugungi uchrashuvdagi farqli jihatlarni aytib bersangiz...
- Kubok uchrashuvida ehtiyotkorlik juda yuqori edi. Har ikki jamoada ham vaziyatlar kam bo‘lgandi. Bugun shularning aksi o‘yin bo‘ldi. "Neftchi" ikkinchi qavatda ustunlikka intildi, aytib o‘tganimdek tartibli himoyalandik. Bugungi uchrashuvda o‘tgan o‘yindan farqli ravishda golli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi.

- Jamoangiz tarkibida yosh futbolchilar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ular siz istagandek o‘ynab bera olishayaptimi?
- Mashg‘ulotlarda barcha birdek ishlaydi. Yoshmi, tajribalimi, futbolchi oldidagi vazifa bir xil. Biz mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqib, eng tayyor futbolchilarni maydonga tushiramiz. Bir-ikki yil katta futbolda o‘ynasa, o‘sha futbolchini yosh deb ham bo‘lmaydi, tajribalilar qatoriga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ivan Boshkovich: "Bir-ikki yil katta futbolda o‘ynagan futbolchini yosh deb bo‘lmaydi"