Italiyadagi futbol mavsumining avvalida poytaxtning grand klubi “Roma” jahon futbol jamoatchiligining e’tiborini o‘yinlari bilan emas, balki ichki ziddiyatlar tufayli o‘ziga qaratmoqda.
Klubning amerikalik xo‘jayinlari Den va Rayan Fridkinlarning klub afsonasi Daniele De Rossini bosh murabbiylikdan bo‘shatgani nafaqat klub muxlislari, hatto ayrim futbolchilarning ham keskin e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, yangi bosh murabbiy Ivan Yurich jamoani 22 sentyabr kuni “Olimpiko”da “Udineze”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinga tayyorlayotgan bir paytda ashaddiy muxlislar xorvatiyalik mutaxassis debyutini boykot qilishga hozirlik ko‘rmoqda.
Football Italia nashrining xabar berishicha, “Roma” fanatlari o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘uloti, klub madhiyasi yangragan payt va uchrashuvning dastlabki yarim soatida o‘zlariga ajratilgan tribunalarni bo‘sh qoldirish orqali noroziligini bildirmoqchi. Boykotga tayyorgarlik ishlari avjida.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Rim jamoasining ayrim o‘yinchilari ham klub rahbariyatining qaroridan jumbushga kelgan va Daniele De Rossining tarafini olmoqda.
Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, Lorenso Pellegrini va Janluka Manchini jamoa yetakchilari sifatida rahbariyat bilan uchrashib, bosh murabbiyning ishdan olinishi sabablarini so‘ragan.
Bu ikki o‘yinchi mutasaddilarning Daniele De Rossini iste’foga chiqarishdan oldin ular bilan emas, balki ba’zi o‘yinchilarga qo‘ng‘iroq qilib, ulardan fikr so‘ragan holat bo‘yicha ham jiddiy e’tiroz bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, rahbariyatdan telefon bo‘lgan Paulo Dibala va Leandro Paredes ham De Rossining iste’fosiga qarshiligini ma’lum qilgan ekan.
Iste’fo e’lon qilinganidan keyin Paulo Dibala bu masalaga munosabat bildirib, "Futbol ko‘pincha adolatsizdir", deb izoh qoldirgani ham uning munosabatidan dalolat bermoqda.
Italiya matbuotida Daniele De Rossining bosh murabbiylikdan bo‘shatilishiga jamoaning mavsum boshida salbiy natija qayd etgani (to‘rtta o‘yinda uch ochko) va 41 yoshli rimlik mutaxassisning klub rahbariyati, xususan, bosh direktor Lina Suluku bilan ziddiyatga borgani sabab qilib ko‘rsatilgan ma’lumotlar chiqqan edi.
Xo‘sh, bosh murabbiy almashinuvi Eldor Shomurodov faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?
Ta’kidlash joizki, 29 yoshli legionerimiz chempionat boshida Daniele De Rossining o‘zi haqidagi fikrini ijobiy tomonga o‘zgartira olgan edi. Shomurodovning mashg‘ulotlardagi faolligi va “Empoli” darvozasini ishg‘ol qilgani italiyalik murabbiyning o‘zbek futbolchisi haqidagi tasavvurini o‘zgartirib, ishonchini uyg‘otdi.
Natijada Daniele De Rossi Eldorni “Roma”da olib qolishga qaror qildi va deyarli har bir uchrashuvda zaxiradan bo‘lsa-da o‘yinga tushira boshladi. Aynan bosh murabbiy qaroriga ko‘ra, transferlar bozorining so‘nggi kunlari Shomurodovga og‘iz solgan jamoalarning bariga rad javobi berildi.
Yangi bosh murabbiy – Ivan Yurich ham hamyurtimizning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Xorvatiyalik mutaxassis “Torino”ni boshqargan davrida bir necha marotaba Eldor Shomurodovni Turin klubiga olib o‘tishga urinib ko‘rgan edi.
Ivan Yurich Eldor Shomurodovni o‘zi qo‘llaydigan o‘yin uslubiga mos hujumchi sifatida e’tirof etgani Italiya matbuotida yoritilgan.
Endi buyog‘iga munosabatlar qanday bo‘lishini, Eldor Shomurodovga yangi bosh murabbiy Ivan Yurich qanchalar ishonch bildirishini vaqt ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi