Fayzullaev: "Tarkibimizdagi barcha futbolchilar oʻz chempionatlarida yaxshi formaga kirib olishdi"

1 daqiqa o'qish126
Fayzullaev: "Tarkibimizdagi barcha futbolchilar oʻz chempionatlarida yaxshi formaga kirib olishdi"
Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi "Bunyodkor" stadionida oʻyinoldi rasmiy mashgʻulotini oʻtkazdi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi a'zosi Abbos Fayzullaev jurnalistlarning bir qator savollariga javob berdi.

- Terma jamoamiz navbatdagi yigʻinga kirishdi. Eronga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik qanday kechmoqda?
- Barchasi yaxshi. Futbolchilar sogʻ. Tarkibimizdagi barcha futbolchilar oʻz chempionatlarida yaxshi formaga kirib olishdi. Bu bizga ancha qoʻl keladi.

- Terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli navbatdagi uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydigan boʻldi. Bu xabar jamoa ruhiyatiga qanchalik ta'sir qildi?
- Bu holat birinchi marotaba boʻlayotgani yoʻq. "Mister"ga sogʻliq tilayman va tezroq terma jamoaga qaytsinlar. Ushbu tarkib ancha vaqtdan beri birga. Biz maydonda nima qilishni bilamiz, sababi uch yildan beri birga oʻynab kelmoqdamiz.

- Erondek kuchli jamoaga qarshi qanday tayyorgarlik koʻryapsizlar?
- Bu katta oʻyin. Eron – katta terma jamoa. Ertaga maydonga kuchli ishtiyoq bilan tushib, uch ochkoni qoʻlga kiritishni maqsad qilganmiz.

- Eron terma jamoasi tarkibida oʻzgarishlar boʻldi. Eronning asosiy tarkib futbolchisi Hussayn Kanoni jarohati sabab yigʻinlarda ishtirok etmayapti. Himoya chizigʻidagi yoʻqotish bizga qanchalik qoʻl kelishi mumkin?
- Toʻgʻrisi, Eron futbolini koʻp kuzatmayman va koʻp ma'lumotga ega emasman. Eron juda kuchli terma jamoaligini aniq bilaman. Saralashda har bir ochko juda katta ahamiyatga ega. Ertangi uchrashuvda uch ochkoni qoʻlga kiritishni maqsad qilganmiz.

Eslatib oʻtamiz, JCh 3-saralash bosqichi doirasidagi Oʻzbekiston – Eron bellashuvi ertaga 19:00 da boshlanadi. Uchrashuvga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?