09:26 / 16.10.2024
147

Jaloliddin Masharipov nega penaltini Shukurovga berganini aytdi

Jaloliddin Masharipov nega penaltini Shukurovga berganini aytdi
O‘zbekiston terma jamoasining BAA ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng jamoa futbolchisi Jaloliddin Masharipov miks-zonada intervyu berdi.

"G‘alaba bilan O‘zbekiston xalqini tabriklayman. Rejamiz shu edi – chiroyli o‘yin yoki boshqa narsa emas, faqat g‘alaba. Raqobatchilardan ochkolar bo‘yicha farqni kattalashtirish kerak edi. Vaziyatlarimizdan foydalanganimizda bemalol yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Eng muhimi uch ochkoni qo‘lga kiritdik", - deydi Jaloliddin Masharipov.

- Eronga qarshi o‘yinda muhim ikki ochko yo‘qotildi. Bu o‘yindan oldin jamoada bosim yo‘qmidi?

- Bosim yo‘q edi. Biz Eronga qarshi o‘ynadik. Ha, ular kamchilik bo‘lib qoldi. Lekin baribir Eron kuchli jamoa. Oldin ham Eron kamchilik bo‘lib BAAni mag‘lub qilganini ko‘rganman. Bizda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. O‘zimda ham vaziyat bo‘ldi, o‘sha holatda gol urilganda g‘alaba qozonardik. Eron Jahon chempionatining muntazam ishtirokchisi, bizda esa bu kabi katta tajriba yo‘q. Jahon chempionati sari qadam tashlab ketmoqdamiz.

- O‘yinda gol kiritish bizga biroz qiyin kechmoqda. Bunga asosiy sabab nima bo‘lmoqda?

- Vaziyatlar bo‘lmadi emas, vaziyatlar bo‘ldi. Yakunlashda o‘zimizni ustimizda ishlashimiz kerak.

- Penalti berilgan vaziyatda zarbani o‘zingiz amalga oshirmoqchi edingiz. Keyin Otabek Shukurovni o‘zlari so‘rab oldilarmi yoki o‘zingiz to‘pni berdingizmi?

– Bugun "Shabab Al Ahli"da men bilan birga o‘ynagan bir necha futbolchi bor edi. Ular meni qanday zarba berishim haqida darvozabonlarga nimadir dedi. Qatarda qilingan xatoni bugun qaytarishni istamadik. Keyin Otabekka to‘pni berib, ular meni qanday zarba berishimini bilishlari haqida aytdim. Shu sababli to‘pni Shukurovga berdim.

- Birinchi bo‘limda raqib o‘yinni cho‘zayotgandek tuyildi. Bu sizlarni o‘yiningizga ta’sir qilmadimi?

- O‘zbekistondan hamma qo‘rqadi. Raqib vaqtni cho‘zib, ochko olib ketish niyatida edi. Biz esa biroz shoshildik. Ular uchun durang g‘alabaga teng edi. Bugun ularning rejasi o‘xshamadi. Biz uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

- Keyingi o‘yindagi raqib Qatar. Shu haqida fikr bildirsangiz?

- Xursand qiladigani bu safar hamma safda. Osiyo kubogida to‘rtta asosiy futbolchimiz tarkibda yo‘q edi. O‘shanda aytgan gapimni bu safar isbotini ko‘rasizlar – biz albatta g‘alaba qozonamiz.

Jaloliddin Masharipov, Penalti, Otabek Shukurov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov nega penaltini Shukurovga berganini aytdi