
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi «Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi» sovriniga nomzodlarning yakuniy uchligini e'lon qildi.
Unga koʻra, Oʻzbeksiton milliy jamoasi hamda SSKA klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullaev yakuniy roʻyxatdan oʻrin oldi. Oʻzbekistonlik 21 yoshli futbolchidan tashqari, Yaponiya yoshlar jamoasi a'zosi Gaku Navata hamda Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» klubi a'zosi Ba Jun Ho ham gʻoliblikka da'vogar boʻlib turibdi.

Gʻolib nomi 29 oktyabr kuni Seul shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan qit'a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimida e'lon qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar