O‘zbekiston boks federatsiyasi IBA'ni tark etib, yangi tuzilgan World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Bu haqida tashkilotning rasmiy sayti ma’lum qildi.
4 ta federatsiya, jumladan, O‘zbekiston boks federatsiyasi ham tashkilotning yangi a’zosiga aylandi. O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Gvatemala hamda Laos yangi a’zo sifatida qabul qilindi. Shu tariqa tashkilotga a’zo bo‘lgan federatsiyalar soni 55 taga yetdi.
“O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi yetakchilarning qo‘shilishi xalqaro tashkilotning Osiyodagi o‘rnini sezilarli darajada oshirdi”, — deb yoziladi tashkilot xabarida.
Ma’lumot uchun, World Boxing tashkilotida niderlandiyalik Boris van der Vorst prezident hisoblanadi. Tashkilotga hozirga qadar 44 ta mamlakat a’zo bo‘lgan.
Avvalroq Jazoir boks federatsiyasi World Boxing Butunjahon boks tashkilotiga qo‘shilgandi.
Avgust oyida birdaniga 5 davlat — Xitoy Taypeyi, Pokiston, Butan, Fiji va Ekvador ham World Boxing a’zosiga aylangandi.
World Boxing 2023 yil aprel oyida IBA'ga muqobil sifatida va boksni Olimpiya harakatida saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. Tashkilot XOQ tomonidan tan olinishiga erishish niyatida. Avvalroq XOQ sport direktori Kit Makkonel Jahon boks vakillari bilan bir necha uchrashuvlar bo‘lib o‘tganini, ularda ushbu tashkilotni rasman tan olishning turli jihatlari muhokama qilinganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya klubi yangi bosh murabbiyni bir kunda haydab yubordi...
Rossiya armiyasi qishda Ukraina shaharlarini egallab olmoqchi
O‘zbekiston Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi