Yaponiyalik Inoue Murodjon Ahmadaliyevning chaqirig‘iga javob berdi

1 daqiqa o'qish195
Yaponiyalik Inoue Murodjon Ahmadaliyevning chaqirig‘iga javob berdi
Monte-Karloda o‘tkazilgan jangdan so‘ng Murodjon Ahmadaliyev yana bir bor yaponiyalik bokschi Inouega murojaat qildi.

Bundan avval ham o‘zbekistonlik bokschi bir necha bor Inoueni jangga chaqirgan edi. Bokschi birinchi bor ushbu murojaatlarga javob qaytardi.

“Nima uchun men Tapalesga yutqazgan odamdan qochishim kerak? Bunga umuman hojat yo‘q. Agar jang qilishni istasang, g‘alabangni “qiymatini” ushlab tur va kut! Men hozir bor e’tiborimni Gudman bilan jangga qaratganman”, dedi Inoue.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev kecha Rikardo Espinozani 3-raundda nokautga uchratib, vaqtinchalik WBA chempioniga aylandi.

31 yoshli yaponiyalik Naoya Inoue ayni paytda ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA, WBC, WBO hamda IBF kamarlari sohibi hisoblanadi. Yaponiyalik bokschi 24 dekabr kuni Tokio shahrida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida avstraliyalik da’vogar Sem Gudmandan IBF chempionlik kamarini himoya qilishga urinib ko‘radi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?