Bunaqasi boʻlmagan: Abduqodir Husanov “uchmoqda”...

2 daqiqa o'qish1K
Bunaqasi boʻlmagan: Abduqodir Husanov “uchmoqda”...
Fransiya futbolida jamoalarning eng yaxshi oʻyinchilarini aniqlash muxlislar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish orqali amalga oshirilishi a'nanaga aylangan.

Dekabr oyi yakunlariga koʻra, Fransiyaning nufuzli nashrlari “Lans”ning eng yaxshi oʻyinchisini aniqlash maqsadida navbatdagi soʻrovnomani tashkil etdi. Ahamiyatlisi shundaki, keyingi paytdagi har qanday tanlov va soʻrovnomalarda Husanovning reytingi yuqoriga qarab "uchmoqda".

LE11HDF.FR sayti: Saytimiz mavsum davomida siz muxlislarni “Lans”ning har oydagi eng yaxshi oʻyinchisini aniqlashga chaqirib keladi.

Abduqodir Husanov deyarli har hafta yakuniga koʻra, hayratlangan muxlislarning maqtovlarini eshitishiga toʻgʻri kelyapti. Shu bois, bu futbolchi “Lans”da oyning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlishi odat tusiga kirib qoldi.

Qishki transferlar oynasi davrida jamoani tark etishi ehtimoli katta boʻlgan 20 yoshli himoyachi dekabr oyini ham yuqori saviyada oʻtkazdi. “Lans” oy davomida “Monpelye”, “Oser” yoki “Pari Sen-Jermen” boʻladimi, bu raqiblarga qarshi bellashuvlarda muxlislar Husanovni uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi, deb topdi.
Bunaqasi boʻlmagan: Abduqodir Husanov “uchmoqda”...
Uchrashuvlardagi kurashuvchanlik, tezkorlik, himoya chizigʻini nazorat qilish, toʻpga egalik qilish qobiliyati “Lans” uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda va Abduqodirni saytimiz oʻquvchilari tomonidan dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etilishiga asos boʻldi.

Soʻrovnoma natijalari bilan tanishing:
- Abduqodir Husanov – 78 foiz
- Pshemislav Frankovski – 16 foiz
- M'Bala Nzola – 3 foiz.

Ta'kidlash joizki, Abduqodir Husanovning muayyan oy davomida jamoaning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlishi yaxshi a'nanaga aylanib boʻlgan. Muxlislar uning xizmatlarini e'tirof etmoqda.

Mavsumning birinchi qismi olti oy davom etgan boʻlsa, ularning teng yarmida lanslik ishqibozlar aynan oʻzbek legioneriga eng koʻp ovoz berib kelgan.
Bunaqasi boʻlmagan: Abduqodir Husanov “uchmoqda”...
LE11HDF.FR sayti soʻrovnomasining avvalgi oylardagi eng yaxshi futbolchilari roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:
- Avgust: Kevin Danso
- Sentyabr: Abduqodir Husanov.
- Oktyabr: Abduqodir Husanov.
- Noyabr: Adriyen Tomasson
- Dekabr: Abduqodir Husanov.

Abduqodir Husanov joriy mavsumda Fransiya chempionati, mamlakat kubogi va Yevropa Ligasida jami 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta assist ham qayd etdi. 20 yoshli futbolchi Transfermarkt portali tomonidan 12 million yevroga baholanmoqda va bu koʻrsatkich boʻyicha Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho oʻyinchisi hisoblanadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?