
"Boka Xuniors" klubi Esekiel Sebalosni SSKAga 20 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Avvalroq, Moskva klubi argentinalik forvard uchun 4 million evro taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
"Hech kim biz bilan ehtimoliy transfer haqida aloqaga chiqmadi. Bizningcha, Boka Sebalosni 10, 15 yoki 20 millionga sotmaydi. Bundan tashqari, "Boka Xuniors" klublar oʻrtasidagi jahon chempionati va Libertadores kubogida ishtirok etadi. Bunday futbolchilar bozorda 20-25 million turadi", - dedi Sebalos manfaatlarini himoya qiluvchi "Mi Sports" agentligi.
Ma'lumot uchun, rus nashrlarida "armiyachilar" ushbu futbolchi uchun 4 million evro sarflashga tayyorligi haqida xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar