
Angliyaning «Manchester Siti» klubi qishda tarkibni kuchaytirish boʻyicha ishlarni jadal davom ettirmoqda.
Jamoa Germaniyaning «Ayntraxt» klubi hujumchisi Omar Marmush bilan shaxsiy shartnoma boʻyicha kelishuvga erishgan. Misrlik hujumchi qishda Angliyaga koʻchib oʻtishga rozilik bergan.

Endi «shaharliklar» nemis jamoasi boʻyicha transfer narxi boʻyicha kelishuvga erishishi kerak. «Aytraxt» klubi hujumchisi uchun 80 million yevro soʻramoqda.
Ma'lumot uchun, Omar Marmush joriy mavsumda «Ayntraxt» safida 24 ta uchrashuvda maydonda tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar