
Eron Pro ligasi doirasida oʻzbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov harakat qiladigan “Istiqlol” jamoasi 20 yanvar kuni “Shams Azar”ga qarshi maydonga tushdi.
Masharipov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi. Biroq, u 5-daqiqadayoq jarohat olib, maydonni zambilda tark etdi.
Tibbiy tekshiruvdan keyin Masharipovning jarohati qay darajada jiddiyligi ma'lum boʻladi.
Shuningdek, 21 yanvar kuni Eron chempionati 16-tur doirasidagi “Zobahan” — “Persepolis” oʻyini boʻlib oʻtdi.
“Persepolis”ning oʻzbekistonlik yarim himoyachisi Oston Oʻrunov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi.
Biroq, u ham jarohat sabab 27-daqiqada almashtirildi.
Eron ChempionatiIstiqlol JamoasiJaloliddin MasharipovOston OʻrunovFutbol JarohatiShams Azar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing