21:10 / 06.02.2025
223

Superliga. Bu yilgi mavsumning 1-2-tur uchrashuvlari sanalari ma'lum boʻldi

Superliga. Bu yilgi mavsumning 1-2-tur uchrashuvlari sanalari ma'lum boʻldi
1 fevral kuni Superliganing yangi mavsumiga qur'a tashlash marosimi boʻlib oʻtgandi. 4 fevral kuni esa "Paxtakor" Elit Chempionlar ligasi doirasida maydonga tushdi.

Liga bu yilgi mavsum 7 mart kuni start olishini oʻtgan yilning oktyabr oyida ma'lum qilgandi. Dastlabki ikki tur sanalarining toʻliq aniq boʻlishi masalasi "Paxtakor" klubining xalqaro maydondagi natijasiga, shuningdek, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining mart oyidagi yigʻiniga bogʻliq boʻlib turgandi. Boisi, "Paxtakor" Chempionlar ligasining 1/16 final bosqichiga yoʻl olsa, mart oyining dastlabki ikki haftasida 2 ta xalqaro oʻyinida ishtirok etishi lozim. Shuningdek, OʻFA Ligaga aloqaga chiqib, 2-turdan oʻrin olgan ayrim uchrashuvlarni FIFA kuniga taqamaslikni soʻradi.

Superliganing dastlabki ikki tur sanalari aniq boʻldi.

Liga sana belgilayotganda "Paxtakor"ning ehtimoliy navbatdagi bosqichga yoʻllanma olishidan kelib chiqib, mavsumni aynan shu klub ishtirokidagi oʻyin bilan boshlashga qaror qildi. Shuningdek, klubning 2-turdagi raqibi OKMK ishtirokidagi bellashuv ham 7 mart sanasiga toʻgʻri keldi. Oʻz-oʻzidan qolgan 6 bellashuv dam olish kunlariga taqsimlandi.

Shuningdek, 2-tur oʻyinlarini belgilashda OʻFA taklifidan ham kelib chiqildi. Mart oyi milliy terma jamoaning kelgusi taqdirida muhim palla hisoblanadi. Faqatgina OKMK — "Paxtakor" uchrashuvi sanasida toʻliq qaror qabul qilishning imkoni boʻlmadi. Paxtakor Chempionlar ligasida navbatdagi bosqichga yoʻllanma olsa, u Superliganing 2-turini 16 mart kuni oʻtkazadi. Agar klub "Al-Sadd" bilan oʻyinda oʻzi uchun kerakli natijaga erisha olmasa, mazkur toʻqnashuv 14 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Liga mart oyidagi FIFA kunlaridan keyingi taqvimni ham ishlab chiqmoqda. Bunda CAFA oʻtkazishi mumkin boʻlgan klublar oʻrtasidagi musobaqa ham inobatga olinishi lozim. Biroq ayrim masalalar toʻliq hal etilmaganidan kelib chiqib, mazkur musobaqa sanalarida ham yakuniy toʻxtamga kelinmagan. Ishonamizki, jamoatchilik Liga qarshisida turgan vaziyatni toʻgʻri talqin qiladi.

1-tur uchrashuvlari sanalari:

7 mart
OKMK - "Buxoro"
"Paxtakor" - "Mash'al"

8 mart
"Qoʻqon-1912" - "Andijon"
"Bunyodkor" -"Neftchi"
"Qizilqum" - "Surxon"

9 mart
"Navbahor" - "Dinamo"
"Xorazm" - "Shoʻrtan"
"Nasaf" - "Soʻgʻdiyona"

2-tur sanalari:

14 mart
"Neftchi" - "Qoʻqon-1912"
"Buxoro" - "Qizilqum"

15 mart
"Andijon" - "Nasaf"
"Dinamo" - "Mash'al"
"Shoʻrtan"- "Bunyodkor"

16 mart
"Soʻgʻdiyona" - "Navbahor"
"Surxon" - "Xorazm"

14 yoki 16 mart
OKMK - "Paxtakor"

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport