00:40 / 14.02.2025
119

Akandji mavsum oxirigacha safdan chiqdi: Husanov "Siti" asosiy tarkibiga kirish imkoniyatiga ega

Akandji mavsum oxirigacha safdan chiqdi: Husanov "Siti" asosiy tarkibiga kirish imkoniyatiga ega
"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akandji Chempionlar Ligasi doirasida "Real Madrid"ga qarshi oʻyinda (2:3) jiddiy jarohat oldi va ehtimol, mavsum oxirigacha safdan chiqdi.

Bu esa "shaharliklar"ning oʻzbekistonlik futbolchisi Abduqodir Husanov uchun katta imkoniyat yaratmoqda. Metaratings.ru nashri yosh himoyachining "Siti"ning asosiy tarkibiga mustaxkam joylashish ehtimoli haqida fikr yuritdi.

Husanov "Manchester Siti" asosiy tarkibiga kirishi mumkin

Liga 1/16 finali doirasidagi ilk uchrashuvda "Manchester Siti" "Etixad" stadionida "Real Madrid"ni qabul qildi. Qizgʻin bahsda mehmonlar 3:2 hisobiga gʻalaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini oshirishdi.

Ikkinchi boʻlim boshida shveytsariyalik himoyachi Manuel Akandji jarohat olib, maydonni tark etdi. Uni 46-daqiqada Riko Lyuis almashtirdi. FPL MCFC ma'lumotiga koʻra, futbolchining jarohati jiddiy boʻlib, u faqat 2025/26-yilgi mavsumga qaytishi mumkin.

Bu "Manchester Siti" uchun yoʻqotish boʻlsa, Husanov uchun katta imkoniyat. Akandji aynan uning asosiy raqibi boʻlib kelgan va endi oʻzbekistonlik futbolchi Gvardiolaning jamoasida oʻz oʻrnini topishi mumkin.

Qizigʻi shundaki, "Siti"ning "Real"ga magʻlubiyatidan soʻng, jamoa muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Husanovni tarkibga qaytarishni talab qilishgan. Oʻyin davomida u zahira oʻrindigʻida boʻlgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport