
Oʻzbekistonning amaldagi chempioni “Nasaf” yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrish jarayonida turli klublar bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarida ham ishtirok etmoqda.
Qarshiliklar Antaliyadagi navbatdagi bahda Rossiya birinchi ligasi peshqadami “Baltika” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvda hisobni Rubin Xebay ochdi. Biroq hamyurtlarimizga gʻalabani ushlab qolish nasib qilmadi. Oʻyin yakunlanishi arafasida kaliningradliklar vaziyatni tenglashtirdi.
"Nasaf" — "Baltika" (Rossiya) 1:1
Gol: Rubin Xebay.
"Nasaf": 1.Oleksandr Vorobey, 7.Akmal Mozgovoy, 14.Sharof Muhitdinov, 19.Stefan Cholovich, 22.Igor Golban, 23.Husayn Norchayev, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 69.Dragan Cheran, 92.Umarbek Eshmurodov.

“Nasaf” yangi mavsumni oʻz maydonida boshlaydi. Roʻziqul Berdiyev shogirdlar 9 martga belgilangan dastlabki turda oʻtgan yili chempionat sovrindori “Soʻgʻdiyona”ni qabul qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar