07:57 / 22.02.2025
1 147

Superliga 1-tur uchrashuvlarining vaqtlari aniq boʻldi

Superliga 1-tur uchrashuvlarining vaqtlari aniq boʻldi

Oʻzbekiston Superliganing yangi mavsumi 7 mart kuni start oladi. Bu haqda OʻzPFL matbuot xizmati xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, uchrashuvlar Sport TV hamda Futbol TV telekanallari orqali namoyish etiladi.

OʻzPFL hozirga qadar dastlabki ikki tur sanalariga aniqlik kiritgan boʻlib, mart oyidagi FIFA kunlaridan keyingi rasmiy uchrashuvlar sanasi Oʻzbekiston kubogining guruh bosqichiga qur'a tashlanganidan soʻng e'lon qilinishini ma'lum qilgan edi.

Foto: OʻzPFL matbuot xizmati
Paxtakor” xalqaro maydondagi yurishini davom ettirishi aniq boʻlgach, uning 2-turdan oʻrin olgan “OKMK” klubiga qarshi bellashuvi 16 mart kuni oʻtkaziladigan boʻldi. Toshkent klubi OFK Elit Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida 4 mart kuni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubini qabul qiladi. Javob uchrashuvi 11 mart kuni Riyod shahrida oʻtkaziladi.

PFL rejasiga koʻra, “Paxtakor” 7 mart kuni “Mash'al”ga qarshi uchrashuv bilan Superliga ilk turini boshlashi lozim edi. Biroq “Al-Sadd” bilan oʻyin yakuniga etgach, klub “Al-Hilol”ga qarshi oʻyinlar rejasini ishlab chiqqan. Unga jiddiy tayyorgarlik koʻrish maqsadida klub PFLga murojaat qildi. Murojaatda Superliga dastlabki turini boshqa sanaga qoldirish soʻralgan.

OʻzPFL 2024 yilning oktyabr oyida ishlab chiqilgan taqvim rejada buning ehtimolini inobatga olgan boʻlib, aprel oyining dastlabki sanalarini zaxira kuni sifatida belgilagandi. Shundan kelib chiqib, “Paxtakor” klubining soʻrovi qanoatlantirildi.

Shu tariqa Superliga yangi mavsumi 7 mart kuni “OKMK” — “Buxoro” oʻyini bilan start oladigan boʻldi. 8-9 mart kunlari boʻlib oʻtadigan “Qizilqum” — “Surxon” hamda “Xorazm” — “Shoʻrtan” uchrashuvlari neytral maydonda oʻtishi va bunda har toʻrt jamoa futbolchilarining safarda boʻlishi inobatga olinib, oʻyin vaqtlari belgilandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport