
Qarshining "Nasaf" klubi Antalyadagi soʻnggi oʻrtoqlik uchrashuvida Rossiyaning grand klubi hisoblangan "Spartak"ka 3:1 hisobida magʻlub boʻldi.
Toʻqnashuvning 17, 26 va 48-daqiqalarida rossiyaliklar "ajdarlar" darvozasini ishgʻol qilgan boʻlsa, bellashuvning 81-daqiqasida Husayn Norchayev hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldi.
Nazorat uchrashuvi, Antaliya
"Nasaf" - "Spartak" 1:3
Gollar: Norchayev 81 - Bongonda 17, Barko 26, Markinos 48.
"Nasaf": 1.Oleksandr Vorobey, 5.Gʻolib Gʻaybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 14.Sharof Muhitdinov, 19.Stefan Cholovich, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 34.Sherzod Nasrullayev, 69.Dragan Cheran, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Rubin Hebay.
"Spartak": Maksimenko, Denisov, Duarte, Babich, Ryabchuk, Umarov, Martins, Barko, Markinos, Bongonda, Ugalde. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar