
Yevropa top-5 ligalarida mavsum davomida eng yaxshi o‘yin namoyish etgan futbolchilar aniqlandi. Who Scored platformasi tomonidan taqdim etilgan reytingda dunyo futbolining eng yuqori baholangan yulduzlari joy oldi.
Lamin Yamal – Yevropaning eng yaxshi futbolchisi!
Afsonaviy mavsumni o‘tkazayotgan "Barselona"ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Uning umumiy bahosi 7.96 ballni tashkil etdi. Katta tajribaga ega bo‘lgan yulduzlar orasida yosh iqtidor eng yuqori natijaga erishib, muxlislarni hayratda qoldirdi.
Muhammad Salah – tajriba va barqarorlik ramzi
Ikkinchi o‘rin "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salahga nasib etdi. 31 yoshli misrlik yulduz mavsum davomida 25 ta gol va 17 ta golli uzatma amalga oshirdi. Who Scored baholariga ko‘ra, uning natijasi 7.89 ball bo‘ldi.
Salah o‘zining yuqori samaradorligi va aniq zarbalari bilan Yevropa futbolida hanuz eng ta’sirli futbolchilardan biri ekanligini isbotlamoqda.
Harri Keyn – tajriba va gollarga boy mavsum
Uchinchi o‘rinni "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn egalladi. Uning bahosi 7.86 ball bo‘lib, mavsum davomida jamoasi uchun muhim gollarni kiritishda davom etmoqda.
Angliyalik hujumchi Germaniyadagi ilk mavsumidayoq yuqori samaradorlik namoyish etib, Bundesligaga moslashib ketganini isbotladi.
Reytingning yuqori pog‘onalarida kimlar bor?
Top futbolchilar orasida yana bir qancha yulduzlar ham yuqori bahoga ega bo‘ldi:
🔹 Usmon Dembele (PSJ)
🔹 Bukayo Saka ("Arsenal")
🔹 Rafinya ("Barselona")
🔹 Florian Virs ("Bayer")
🔹 Jamal Musiala ("Bavariya")
🔹 Kilian Mbappe ("Real Madrid")
🔹 Maykl Olise ("Bavariya")
Bu futbolchilar mavsum davomida jamoalari uchun muhim o‘yinlarda yetakchilikni qo‘lga olgan va muxlislarni o‘z ijrosi bilan xursand qilgan.
Yevropa top-5 ligalarida har mavsum yangidan-yangi yulduzlar paydo bo‘lib, futbolchining mahorat darajasi yanada oshmoqda. Lamin Yamal kabi yosh iste’dodlar, Muhammad Salah kabi tajribali yulduzlar va Harri Keyn singari samarali hujumchilar bu yil futbol olamini zabt etdi.
Kelasi mavsumda esa bu reytingda qaysi futbolchilar yetakchilik qiladi? Bu savolning javobi Yevropaning katta arenalarida hal bo‘ladi! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar