Michael Owen: Liverpul Muhammad Salah o‘rniga Jarrod Bowen’ni sotib olishi kerak

Liverpul jamoasining sobiq hujumchisi Michael Owen Muhammad Salah ketganidan so‘ng, uning o‘rnini bosadigan eng munosib nomzod sifatida Vest Xem Yunayted forvardi Jarrod Bowen’ni ko‘rsatdi. Misrlik yulduzning mavsum yakunida jamoadan ketishi kutilayotgan bir paytda, Mersisayd klubi qanot hujumchisi pozitsiyasini kuchaytirish muammosiga duch kelmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
talkSPORT radiosi efirida sobiq futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: "Men do‘stlarimga ham aytgandim, agar imkoniyat bo‘lsa, aynan Bowen’ni sotib olgan bo‘lardim. U ajoyib futbolchi, Vest Xem muxlislari uni juda qadrlashadi, ammo jamoa quyi ligaga tushib ketsa, u Liverpul uchun ideal variant bo‘ladi".
Owen Jarrod Bowen’ning texnik mahorati, har ikki oyog‘i bilan teng darajada yaxshi o‘ynashi va gol urish qobiliyatini alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Arne Slot qo‘l ostidagi Liverpul tarkibida Salah kabi o‘ng qanotda o‘ynay oladigan ixtisoslashgan hujumchi yetishmayapti.
Ekspertning fikricha, Liverpul o‘tgan yili katta mablag‘ sarflaganiga qaramay, tarkibda Salah o‘rnini bosa oladigan aniq bir futbolchi yo‘q. Cody Gakpo va Florian Virts kabi iqtidorli o‘yinchilar bo‘lishiga qaramay, aynan o‘ng qanotda Salah beradigan xavfni takrorlay oladigan futbolchi hozircha jamoada ko‘rinmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!