
"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeyev Elit OCHL nimchorak finali doirasida o‘tkazilgan "Al Hilol"ga qarshi bahsdan so‘ng saytimizga kichik intervyu berdi.
- "Paxtakor" bugun "Al Hilol"ga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi. Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo‘lishsangiz...
- Alamli tarzda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Hozir hissiyotlarga berilgan holda bir nima deyish noto‘g‘ri. Barcha xato qildi. Natijadan qoniqmadik. Birinchi uchrashuvda yaxshi o‘ynagandik va g‘alaba qozongandik. Toshkentda ko‘proq gol urishimiz kerak edi, menimcha. Bu futbol va natijadan qat’i nazar hayot davom etaveradi. Endi OKMKga qarshi kechadigan keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.
- "Paxtakor" Elit OCHLni tark etdi. Jamoa endi faqat mahalliy musobaqalarda ishtirok etadi. "Paxtakor"ning Superliga va Kubok bahslarida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari qanday?
- Biz har bir musobaqada g‘olib bo‘lishga harakat qilamiz. Voqealar qanday rivoj olishini vaqt ko‘rsatib beradi. Biz har bir uchrashuvda maydonga chiqib, g‘alaba qozonishimiz kerak. Superligami yoki Kubok bahslari, umuman farqi yo‘q. Jamoadoshlarim ham bundan xabardor. Biz "Paxtakor"miz, ushbu jamoa kuchli uchlikka kirish yoki shunga o‘xshash maqsadlar qo‘ymaydi. Biz faqat chempionlikni ko‘zlaymiz. Maksimal natijaga erishish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz.
- Bosh murabbiy Pedru Moreyra uchrashuvdan so‘ng kiyinish xonasida futbolchilarga nima dedi? Kiyinish xonasidagi atmosfera qanday edi? To‘g‘ri, "Paxtakor" bugun yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi, ammo umumiy ishtirok kutilganidan yaxshiroq bo‘ldi...
- Barcha xafa edi, 0:4 hisobidagi yirik mag‘lubiyat. Bosh murabbiyimiz maydonda nima bo‘lganini ko‘rdi va holatni tushunib turibdi. Bosh murabbiymiz nutq so‘zlamadi. Hozir fikr bildirish qiyin. Murabbiylarimiz bir necha kundan keyin o‘yinni tahlil qilib chiqishadi va qayerda xatolarga yo‘l qo‘yganimizni bilib olamiz.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar