378
Ivan Boshkovich: "O‘z muxlislarimiz qarshisida mag‘lub bo‘lish alamli, men ko‘prog‘ini kutgandim"

Superliga 2-tur doirasidagi "So‘g‘diyona" — "Navbahor" (2:3) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
— O‘yin qiziqarli o‘tdi. Afsuski, biz g‘alabaga erisha olmadik, hatto durang ham qayd eta olmadik. O‘z muxlislarimiz qarshisida mag‘lub bo‘lishimiz alamli, biz ko‘prog‘ini kutgandik. O‘yin boshida harakatlarimiz o‘xshamadi, ammo so‘ngra birinchi taymning oxirigacha o‘yinni qo‘lga oldik. Hisob teng bo‘lib turganda hattoki bizda oldinga chiqib olishga imkon bo‘lgandi, ammo aksincha, o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqdik. O‘yinda g‘alabani kutgandim. Ammo, butun o‘yin davomida konsentratsiyani yo‘qotmaslik kerak edi. Hali barchasi o‘z qo‘limizda.
— Bugun "So‘g‘diyona" hal qiluvchi pallada yaxshi ko‘rinmadi. Buning sabab nimada deb o‘ylaysiz?
— Fikringizga qo‘shilaman. Ammo, ikkita to‘p kiritdik. Vaziyatlarni golga aylantirish bo‘yicha ishlaymiz. Doriyev bugun ikkita to‘p kiritdi, boshqalar ham gollarda ishtirok etishi kerak.
— Bugun darvozabonning o‘yinini qanday baholaysiz?
— Hech qachon nolimayman. O‘tgan turda "Nasaf"ga qarshi o‘yinda jarohatdan tiklanganlar maydonga chiqdi, ammo ular tayyor emasdi. Doriyev, Andreyev, Jorjevich... Mitrovich esa kasal edi. Savolingizga kelsak, jamoa yutadi, jamoa mag‘lub bo‘ladi.
— Menimcha, bugungi o‘yinni zahiralar hal qildi. "Navbahor" safida zahiradan tushgan o‘yinchilar bahs taqdirini hal qildi, ammo "So‘g‘diyona"da bunday holatni kuzatmadik.
— Ha, statistikaga qarasak, raqibning zahiradan tushgan o‘yinchisi gol urgandi. Ammo, hozirda barchaning ham jismoniy holati bir xil emas. Bizda asosiy o‘yinchilar bilan bog‘liq muammolar bor edi. Masalan, Doriyev o‘yin so‘nggicha tempga turib bera olmadi. Bu mavsum boshlanishi, bu ustida ishlaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar