
O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov bugungi mashg‘ulotlardan oldin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
"Kecha soat tungi 03:00 da uchib keldim. Bugun birinchi mashg‘ulot. Oldimizda ko‘p vaqt yo‘q. Terma jamoa muhitiga tezroq moslashish kerak. Chunki oldimizda juda muhim o‘yinlar turibdi. Biz tayyormiz.
Abduqodir plankani ko‘tarib yubordi. Bundan xursandmiz. Jahon chempionatiga chiqsak, hammamizga yaxshi bo‘ladi. Mundialda boshqa futbolchilarimiz uchun ham o‘zlarini ko‘rsatishga katta imkoniyat bo‘ladi. Oston O‘runov, Abbosbek Fayzullayevlarga ham yo‘l ochiladi.
Qirg‘izistonga qarshi birinchi o‘yinda qiynalgandik, maydon holati yomon edi. Raqib kuchli, hozirgi kunda raqibni mensimay tushish yomon oqibatlarga olib keladi. Lekin o‘z uyimizda o‘ynamoqdamiz. Biz muxlislarni xursand qilishni maqsad qilganmiz.
BAA boshqa terma jamoalarga chiqib, O‘zbekistondan ochko olib berishini so‘rashi normal holat. Biz buni kutgandik. Bundan kelib chiqib, biz faqat o‘z o‘yinimizga e’tibor berishimiz kerak", - deydi Jaloliddin Masharipov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar