
JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi (1:0) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Kechagi g‘alabadan so‘ng terma jamoamiz sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanes bilan bog‘landi va sloveniyalik mutaxassisning terma jamoamiz o‘yini haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Salom, janob Katanes. Terma jamoamiz yana bir g‘alabaga erishdi. Agar uchrashuvni tomosha qilgan bo‘lsangiz, o‘yin haqidagi fikrlaringiz bilan bo‘lishsangiz...
- Salom. Albatta, kechagi o‘yinni ko‘rdim. Kecha haqiqiy futbol ko‘rmadik, sababi biz Qirg‘izistondan yaqqol ustun edik. Shunchaki, yaratgan ko‘plab vaziyatlarimizdan foydalanishimiz va ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Keyingi o‘yin qiyinroq o‘tishi tabiiy, ammo biz so‘nggi yillar davomida Eron bilan ko‘p marotaba to‘qnash keldik. Shu sababli bo‘lajak o‘yinda har narsa sodir bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar