date
views 1 233

"Nasaf"ning "Surxon" ustidan g‘alabasi, murabbiy fikrlari va hakam bahsi

"Nasaf"ning "Surxon" ustidan g‘alabasi, murabbiy fikrlari va hakam bahsi
Superliganing 5-turida “Nasaf” o‘z maydonida “Surxon”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlar savollariga javob berdi.

– Birinchi bo‘limda golli vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, – dedi murabbiy. – 5 ta real imkoniyat yaratdik. Hisobni yiriklashtirishimiz mumkin edi, afsuski, foydalana olmadik.

– Ikkinchi bo‘limdagi qizil kartochkadan so‘ng taktik o‘zgarishga majbur bo‘ldik. Eng muhimi – 1:0 hisobini ushlab qoldik va 3 ochkoni olishga erishdik.

Jurnalistlardan biri hujumchi Sharofning o‘yini haqida tanqidiy savol berdi:

– Men unga qarshi fikrga qo‘shilmayman. Sharof yomon o‘ynamadi. Gol urilgan vaziyatda Cheranga a’lo pas uzatdi.
– Oldingi o‘yinda o‘zi ham gol urgan. Bugungi kunda biz uni hujumchi emas, himoyachi sifatida o‘ynatmoqdamiz, bu ham oson emas.

Oybek Bozorovning qizil kartochka olgan vaziyati ham matbuot anjumanida muhokama markazida bo‘ldi. Berdiyev bu bo‘yicha o‘z fikrini ochiq aytdi:

“Hakamning ayrim qarorlari bizga tushunarsiz bo‘ldi. Birinchi bo‘limdagi qarorlari ham meni ajablantirdi. Eng qizig‘i — Oybek vaziyatida VARga murojaat qilmadi, kutmadiyam. Bu borada biz o‘z e’tirozimizni bildiramiz.”

“Nasaf” bu g‘alabadan keyin chempionat jadvalida yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport