
Neymar yana jarohat oldi, deb Euro-Football.ru sayti xabar berdi.
“Santos” hujumchisi Neymar Braziliya A Seriyasining 4-turi doirasidagi “Atletiko Mineyro”ga qarshi o‘yinda majburiy tarzda maydonni tark etdi.
33 yoshli futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushgan, ammo 34-daqiqada jarohat sababli zaxiraga olindi. Hozircha yulduz futbolchining jarohati qanchalik jiddiy ekani noma’lum.
Neymar yaqinda avvalgi jarohatini tiklab, mavsumning dastlabki ikki turini o‘tkazib yuborgan edi. “Fluminense”ga qarshi oldingi uchrashuvda u ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilgandi.
Bugungi “Atletiko Mineyro”ga qarshi bahsda Neymar almashtirilgan paytda “Santos” 2:0 hisobida oldinda edi. Ushbu hisob o‘yin yakunigacha saqlanib qoldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar